Kompyuter formatidagi to'liq testlar, haqiqiy vaqt, 75 ballik natija va har bir xato uchun yechim.
Qog'ozdagi testni yaxshi yechadigan o'quvchi ham kompyuter oynasida vaqtni yo'qotadi. Milliy Sinov aynan shu farqni yopadi.
Har bir test imtihondagi vaqt bilan o'tadi. Qaysi topshiriqqa qancha vaqt ketayotganini his qila boshlaysiz.
Bitta javobli, juftlashtiriladigan va ochiq javobli topshiriqlar imtihondagidek tartibda va ko'rinishda keladi.
Test tugagach, to'g'ri javob va yechim ko'rinadi. Qaysi mavzu bo'shligini natija o'zi ko'rsatadi.
Test tugashi bilan natija 75 ballik shkalada chiqadi va daraja ko'rsatiladi. Har bir javobingizni to'g'ri javob va yechim bilan solishtirasiz.
Rasmiy hisoblash formulasi ochiq e'lon qilinmagan, shuning uchun ball taxminiy deb ko'rsatiladi.

O'quvchilaringiz markaz kompyuterlarida Milliy sertifikat formatidagi testlarni topshiradi. Natija 75 ballik shkalada darhol chiqadi.
Narx va ulanishni demo'da tushuntiramiz. Sozlashda menejerimiz yordam beradi.
Markaz kompyuteridan kirish
Milliy Sinov va Sinav Multilevel bitta platformada. Til imtihonlariga tayyorlanayotgan bo'lsangiz, o'sha hisob bilan shu yerda ham ishlaysiz.
Fan bo'yicha bilim darajasini tasdiqlaydigan hujjat. Imtihonni Bilim va malakalarni baholash agentligi o'tkazadi, natija 75 ballik shkalada va A+ dan C gacha daraja bilan beriladi. Sertifikat oliy ta'limga kirishda imtiyoz beradi.
Yo'q. Milliy Sinov mustaqil tayyorgarlik platformasi. Testlar Milliy sertifikat imtihonining e'lon qilingan formati asosida tuzilgan. Rasmiy imtihonni Bilim va malakalarni baholash agentligi o'tkazadi.
To'plangan ball 75 ballik shkalaga o'tkaziladi va daraja beriladi: A+ 70 dan, C 46 dan. Rasmiy formula ochiq emas, shuning uchun natija taxminiy ball deb ko'rsatiladi.
46 ball va undan yuqori natijaga: C 46 dan, C+ 50 dan, B 55 dan, B+ 60 dan, A 65 dan, A+ 70 dan. 46 dan past natijaga sertifikat berilmaydi. Batafsil: ballar va darajalar
Hozir 8 fan: fizika, matematika, ona tili va adabiyot, tarix, kimyo, biologiya, geografiya va huquqshunoslik. Har fan bo'yicha kompyuter formatidagi to'liq testlar bor.
Ha. Lekin imtihon sharoitiga yaqin bo'lishi uchun to'liq testni kompyuterda yechishni tavsiya qilamiz. Mashqlar telefonda ham qulay.
Javoblar avtomatik saqlanadi. Qayta kirsangiz, testni qolgan joyidan davom ettirasiz. Vaqt esa imtihondagidek to'xtamaydi.
Ha. Ikkalasi SINOVA platformasida, shuning uchun o'sha email yoki Google hisobi bilan kirasiz.
Birinchi to'liq test obunasiz. Natija test tugashi bilan.